A Seriya. "Milan" yirik hisobda g‘alaba qozondi. Jirudan dubl
A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Torino" uchrashuvi milanliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Pulishich hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Perr muvozanatni tikladi. Jiru esa dubl qilib, oradagi farqni ikkita oshirdi. Shuningdek, Ernandes ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Milan" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 1-o‘rina chiqib oldi.



Fikrlar