
A Seriya. "Milan" super kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyaning 28-turi doirasidagi bellashuv yakunlandi.
Konseysau boshchiligidagi "Milan" ushbu turda "Lechche" ustidan irodali g‘alaba erishdi. Ya’ni 68-daqiqagacha mag‘lubiyatga uchrab turgan milanliklar 3 ta gol urib, zafar quchishdi.
Jamoa ushbu g‘alaba orqali onlayn turnir jadvalida 28 ta uchrashuvdan so‘ng 44 ochko to‘plagan holda, 8-o‘rinni band qilishdi.
Ma’lumot o‘rnida, klub navbatdagi bahsini 15 mart kuni "Komo"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum

Lechche
- Nikola Krstović 7'
- Nikola Krstović 59'

Milan
- Christian Pulišić 73'
- Antonino Gallo 68'
- Christian Pulišić 81'
Fikrlar