
A Seriya. "Milan" qiyinchilik bilan 3 ochko qo‘lga kiritdi
A Seriya 10-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Milan" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Migel Velozu 9-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 19-daqiqada Koray Gyunter farqni yo‘qqa chiqardi. 81-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Sandro Tonali jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "rossonerilar" ochkolari sonini 23 taga etkazib olgan holda, A Seriya turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar