
A Seriya. "Milan" iroda ko‘rsatib, derbida g‘alaba qozondi
A Seriya 24-turidan o‘rin olagn "Inter" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda "rossonerilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 38-daqiqada Perishich hisobni ochdi. Ikkinchi taymning 75 va 78-daqiqalarida Jiru gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi va hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ushbu natijadan so‘ng Pioli shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 52 taga etdi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda Teo Ernandes qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Fikrlar