
A Seriya. "Inter" muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi
A Seriyaning 37-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Atalanta" bahsi milanliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Mezbonlar tarkibida Martines, Lukaku va Brozovich raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Pashalich javob golini kiritdi. Shuningdek, Onana so‘nggi daqiqalarda avtagol urdi.
Shu tariqa, "Inter" turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi. "Atalanta" esa 5-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar