
A Seriya. "Inter" kichik hisobda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida yaqqol peshqadamga aylanib oldi
A Seriyaning 5-turidan o‘rin olgan "Empoli" - "Inter" bahsida milanliklar 0:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona golni Dimarko urdi. Himoyachi 51-daqiqada super zarbasi bilan hisobni ochdi va shu bilan birga jamoasiga g‘alaba keltirdi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Inter" turnir jadvalida 15 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar