A Pro-liga. “Neftchi” nihoyat g‘alaba qozondi, “Istiqlol”da mag‘lubiyat yoxud 3-tur yakunlari

  • 21 aprel, 2019, 09:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17 aprel kuni A Pro-ligasida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning 4ta o‘yingohida kechgan qiziqarli o‘yinlarda kutilmagan natijalar qayd etildi. Mavsumni juda yaxshi boshlagan "Istiqlol" 3-turda "Sherdor" mehmoni bo‘ldi va imkoniyatni boy berdi. "Mash’al" esa "Xorazm" bilan Muborakda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mavsumni omadsiz boshlagan "Neftchi" esa "Sho‘rtan" yirik hisobda taslim qildi. Sports.uz internet portali mazkur tur yakunlari va statitastikasi bilan tanishtirib o‘tadi.

Tecno

A Pro-liga 3-tur. 17 aprel.

"Oq-tepa" – "Iftixor"- 1:2. 80 tomoshabin

Hakamlar: Elyor Tursunov, Maksim Nexochin, Abdulhamid Abduraimov, Rahimbek Karimov.

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov.

Komissar: Ulug‘bek Azizov.

Gollar: Nodirxon Kamolov, 24 (1:0 avtogol). Davronbek Qoraboev, 57 (1:1). Dostonbek Bobojonov, 59 (1:2).

“Oq-tepa”: 35. Rustam Dadaboev, 3. Alisher Mirzaev, 5. Shaxboz Tojiev (21. Oripxo‘ja Abduxoliqov, 73),  8. Sarvarbek Safarov,  9. Mirzohid Mirsaidov,  10. Saidjamol Davlatjonov,  11. Irisdavlat Xakimov (7. Sherzod Qodirov, 74),  22. Murodjon To‘ychiboev,  28. Iskandar Siddiqjonov,  77. Bilolxon Toshmirzaev,  97. Jamshid Yusupov (17. Saveliy Abramov, 64).

“Iftixor”: 1. Abdulaziz Burxonov-Malik, 77. Abdumalik Toshpo‘latov,  18. Nodirxon Kamolov,  4. Davronbek Qoraboev,  3. Javohir A’zamov,  20. Izzatbek G‘aniev,  14. Bekzod Aliev (9. Dostonjon Rashidov, 88),  25. Choxruh Yo‘ldoshev,  10. Dostonbek Bobojonov (22. Ozodbek Davronbekov, 90+2),  13. Chuhratjon O‘rinboev,  21. Jamshidbek To‘raqulov

Ogohlantirishlar: Iskandar Siddiqjonov (64), Sarvarbek Safarov (72),  Mirzohid Mirsaidov (90+4) – Nodirxon Kamolov (28),  Bekzod Aliev (78),  Dostonbek Bobojonov (78),  Abdumalik Toshpo‘latov (90+4).

Toshkentliklarning bu yilgi ishlari yurishmayapti. Ular 3-turda ham "Iftixor"ga o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi. Bu jamoalar yaqinda PFL Kubogi finalida to‘qnash kelishgan va o‘shanda ham farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgandi. Afsuski, "Oq-tepa" A Pro-ligada o‘zlari kutganchalik o‘yin ko‘rsata olishmayapti.

“Neftchi” – "Sho‘rtan” -  4:0. 1540 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Husniddin Bahodirov, Oybek Kalaxo‘jaev,  Muhammad Sulton Fozilov.

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Bahodir Akramov, 12 (1:0).  Xamidullo Abduhamidov, 45+1 (2:0 penalti).  Xamidullo Abduhamidov, 71 (3:0). Islombek Karimov, 90+3 (4:0).

“Neftchi”: 12. Muzaffar Abdullaev, 4. Shodiyor Hojimatov,  5. Ruslan Melziddinov,  6. Baxodir Akramov,  7. Islomjon Toshpo‘latov,  9. Nosirbek Otaqo‘ziev (18. Davronbek Isoqov, 55),  10. Xurshidbek Asqaraliev (17. Ilhomjon Vahobov, 83),  11. Xamidullo Abduhamidov (8. Doston Abdurahmonov, 85),  13. Jamshid Qobulov,  20. Dilyorbek Irmatov,  77. Islombek Karimov

“Sho‘rtan”: 1. Botir Nasirov, 2. Nurali Padarov (3. Hasanboy Ergashev, 65),  5. Sunnatilla Mamadaliev,  6. Holmurod Holmurodov,  7. Olimjon Karimov,  8. Sirojiddin Rahmatullaev (18. Samandar Shodmonov, 76),  10. Ma’rufxon Murodov (24. Islom Shodmonov, 89),  14. Akrom Baxromov (11. Jasur Holto‘raev, 58),  22. Farhod Nomozov,  26. Qaxramon Bahodirov,  28. Sherzod Temirov

Ogohlantirishlar: Ruslan Melziddinov (64) – Akrom Baxromov (48).

Mazkur uchrashuvdan bir necha kun avval "Neftchi" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Bahrom Xaydarov iste’foga chiqarildi. Bu mutaxassisning ketganidan so‘ng "Neftchi" nomdor "Sho‘rtan"ga qarshi kechgan o‘yinda ajoyib futbol namoyish etdi va yakunda 4:0 hisobidagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi. Aslida "Neftchi" jamoasida qator tajribali futbolchilar to‘p surishmoqda. Klub yana Superligaga qaytish uchun kurashayotgani ham bor gap.

“Sherdor” – “Istiqlol” -  2:1. 1214 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Shoxnur Yo‘ldoshev, Rustam Choriev, Sherzod Qamarov.

Nazoratchi: Oleg Rubakov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Abdulla Nabiev, 22 (1:0). Sardorbek Sotivoldiev, 36 (1:1 penalti). Abdulla Nabiev, 59 (2:1).

“Sherdor”: 1. Ravshanbek Yagudin, 4.Shoxjahon Qilichev, 5. Ubaydullo Nabiev, 7. Maradona Safarov (15. Saddam Boymamatov, 78),  9. Abdulla Nabiev,  14. Jasur Qurbonov (10. Farruh Shotursunov, 81),  17. Nurbek Olmosov (19. Islom Sharipov, 46),  18. G‘olibjon Sariboev,  33. Bunyod Isroilov,  77. Farruh Farxuddinov (20. Javohirbek Olmosov, 90+2),  99. Firdavs Abdusalimov

“Istiqlol”: 1. Rustam Nortojiev, 3. Farruh Ibragimov,  6. Ilhomjon Alijonov (9. Abduqodir Artikov, 84),  8. Sardorbek Sotivoldiev (77. Umidjon Qodirov, 76),  13. Timur Sultonov,  14. Rustamjon Abduhamidov,  17. Anvarjon Xojimirzaev,  19. Fayzullobek Jumanqo‘ziev (7. Riza Ayvazov, 63),  20. Ulug‘bek Hudoyberdiev,  21. Elyor Mamasoliev (10. Elyorjon Akbarov, 63), 22. Sardor Telyakov

Ogohlantirishlar: Jasur Qurbonov (16), Firdavs Abdusalimov (38)

Mavsumi stari arafasida "Sherdor"ning ulkan maqsadlarin qo‘yayotgani borasida ma’lumotlar berilgan edi. Ular avvalgi ikki turdagi mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘zlariga keldi. "Istiqlol" bilan kechgan o‘yinda samarqandliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu esa Baxtiyor Sattarov jamoasining mavsumdagi ilk yutug‘i bo‘ldi.

Mash’al” – “Xorazm” - 1:1. 1350 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To‘ychiboev, Shohrux A’zamov, Ravshan Kopadze, Zufar Eliboev.

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Jamshid Imomov

Gollar: Jasur Otajonov, 11 (0:1). Shokir Yo‘ldoshev, 51 (1:1 penalti).

“Mash’al”: 35. Dostonbek To‘xtaboev, 6. Jonibek Mirzaqulov (7. Tursunmurod Hamdamov, 67),  10. Baxodir Murtazoev,  15. Muhammadali Aliqulov,  18. Oybek Jo‘raev (11. Mo‘minjon Meliev, 46),  21. Ma’ruf Jumaev (55. Elbek Otaqulov, 74),  22. Sirojiddin Qo‘ziev,  23. Shokir Yo‘ldoshev,  25. Doniyor Umarov,  45. Samandar Shukrullaev,  66. Jahongir Qurbonboev (17. Sanjarbek Zokirov, 87).

“Xorazm”: 35. G‘ayratjon O‘daev, 2. Jasur Otajonov, 3. Ravshanbek Sultonov,  4. Timur Bekchanov,  10. Suroj Ro‘zmetov (39. Laziz Ubaydullaev, 54),  11. Temur Masharipov,  13. Sarvarbek Jumaniyozov,  14. Mirjalol Qurbonov,  15. Dadaxon Yusupov,  17. Farruh Haydarov (29. Miras Qarliboev, 72),  30. Aybek Nurboev. 

Ogohlantirishlar: Muhammadali Aliqulov (58) – Mirjalol Qurbonov (56).

Turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘ldi deyish mumkin. Bu o‘yinga qadar har ikkala jamoa hisobida oltitadan ochko mavjud edi. Muborakda kechgan o‘yinda dastlab "Xorazm" hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq bu hisobni Aleksandr Ejov shogirdlari o‘zlarida saqlab qola olmadi. Yakunda uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Tur statistikasi

Umumiy o‘yinlar soni: 4ta
Mezbonlar g‘alabasi: 2
Mehmonlar g‘alabasi: 1
Durang: 1

Ogohlatirishlar soni: 13ta

Mezbonlar: 7
Mehmonlar: 6
Chetlashtish: 0

Muxlislar tashrifi

3-turni kuzatish uchun jami 4184 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinga 1046 nafardan to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘p tomoshbin: "Neftchi" - "Sho‘rtan". 1540 nafar tomoshabin

Eng kam tomoshabin. "Oq-tepa" - "Iftixor" . 80 nafar tomoshabin

Kiritilgan golllar soni: 12ta
Mezbonlar: 7
Mehmonlar: 5
Avtogol: 1
Penaltilar:

Belgilangan penaltilar soni: 3ta
Gol: 3
Noaniq penaltilar: 0

Eng tez kiritgan gol: Jasur Otajonov 11-daqiqa (“Mash’al” – “Xorazm” – 1:1)

Eng kech kiritilgan gol: Islombek Karimov 90+3-daqiqa (“Neftchi” – “Sho‘rtan” – 3:2)

To‘purarlar: Xamidullo Abduhamidov ("Neftchi") - 3ta. Sherzod Temirov ("Sho‘rtan"), Anvar Xojimirzaev ("Istiqlol"), Islombek Karimov ("Neftchi"), Dostonbek Bobojonov ("Iftixor"), Sardor Sotvoldiev ("Istiqlol"), Abdulla Nabiev ("Sherdor"), Shokir Yo‘ldoshev ("Mash’al") - 2tadan. Akrom Bahramov ("Sho‘rtan"), Nurali Padarov (“Sho‘rtan”), Qahramon Bahodirov (“Sho‘rtan), Pavel Purishkin (“Oq-tepa”), Muxammad Toshpo‘latov (“Mash’al” ), Farrux Ibrohimov (“Istiqlol”), Anvar Berdiev (“Istiqlol”), Elyorjon Akbarov ("Istiqlol"),  Davronbek Qoraboev ("Iftixor"), Ozodbek Davronbekov ("Iftixor"), Bahodir Akramov ("Neftchi"), Jasur Otajonov ("Xorazm"), Sarvar Jumaniyozov ("Xorazm"), Sardorbek Matmurodov ("Xorazm") - 1tadan.

Avtogol: Davron Mamatov (“Neftchi”), Nodirbek Kamalov ("Iftixor")

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!