
Zinchenko "Manchester Siti"ning qarorini kutmoqda
“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko yozgi transferlar derazasi yopilgunicha “Betis” safiga borib qo‘shilishi mumkin.
ABC de Sevilla nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun aynan La Liga klubini tanlagan. Zinchenko endi bu borada “shaharliklar” rahbariyatining qarorini kutmoqda.
O‘z navbatida “siti” rahbariyati Kevin de Bryuynening kutilmagan jarohatidan so‘ng Zinchenkoni qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, “Betis” o‘tgan mavsum La Ligada 6-o‘rinni egallagan va bu mavsum UEFA Evropa ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi.
Fikrlar