
"Yuventus"ning uch futbolchisi bugun maydonga tushmaydi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Benedikt Xevedes mushaklaridan jarohat oldi va jamoasining Italiya A Seriyasi 26-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, germaniyalik futbolchidan boshqa Xuan Kuadrado va Fernando Bernardeskilar ham ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.
“Yuventus”ning “Atalanta”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi
Djanluidji Buffon, Voytsex Щensny, Mattia Del Favero, Mattia De Shilo, Djordjo Kellini, Daniele Rugani, Shtefan Lixshtayner, Andrea Bartsali, Mexdi Benatiya, Karlo Pinsolo, Aleks Sandro, Kvadvo Asamoa, Miralem Pyanich, Sami Xedira, Klaudio Markizio, Blez Matyuidi, Stefano Sturaro, Rodrigo Bentankur, Duglas Kosta, Gonsalo Iguain, Paulo Dibala, Mario Mandjukich.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” – “Atalanta” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 22.00 da start oladi.
Fikrlar