
"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich kamida 3-4 oy maydonga tusha olmaydi.
Xabarlarga qaraganda 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining sonidan olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. U tez orada jarrohlik stoliga yotqiziladi.
Buning ortidan esa "keksa sinora" ijara asosida "Milan"da to‘p surayotgan hujumchisi Gonsalo Iguainnini ortga qaytarishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Manjukich “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum turinliklar safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar