
"Yuventus" so‘nggi 23 yilda ilk bor Italiya kubogida bu qadar yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha “Yuventus” Italiya kubogi chorak finalida safarda “Atalanta”ga (3:0) yirik hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.
E’tiborlisi, bu “keksa sinora”ning 2011 yildan buyon Italiya klublaridan uchragan eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. O‘shanda ular “Napoli”dan javobsiz 3ta gol qabul qilib olishgan edi.
Italiya kubogida esa so‘nggi 23 yildan buyon bu qadar yirik hisobda yutqazmagan edi. Aniqrog‘i, 1996 yilda “Inter” Turin super klubini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Fikrlar