“Yuventus” Kellinini noma’lum muddatga yo‘qotdi

  • 13 fevral, 2017, 09:05
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Italiya A Seriyasining navbatdagi 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa peshqadami “Yuventus” bu turda “Kalyari” maydoniga safar qildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki Massimiliano Allegri jamoasi butun o‘yin davomida raqib darvozasi tomon bor yo‘g‘i 3 marotaba aniq zarba berishga erishdi. Shularning ikkitasini Gonsalo Iguain yo‘llagan edi. Qizig‘i shundaki, argentinalik forvardning yo‘llagan har ikkala zarbasi gol bilan yakunlandi va bu yakuknda turinliklarga g‘alaba taqdim etdi.

O‘yinning 18-daqiqasida turinliklarning tajribali himoyachisi Jorjo Kellini kutilmaganda jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga maydonga Daniele Rugani tushirildi.

Hozircha Kellinining aniq qancha muddatga safdan chiqqani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!