
Yurgen Klinsmann AQSh terma jamoasidagi faoliyati davomida qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi
AQSh terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann okean ortidagi faoliyati davomida qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi.
FOX Sports tarqatgan xabarga ko‘ra AQSh futbol federatsiyasi 2011 – 2016 yillarda terma jamoani boshqargan 54 yoshli germaniyalik mutaxassis uchun jami 3,35 million dollar maosh to‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, Klinsman 2013 yilda AQSh terma jamoasi bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirgan edi. Ammo, muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng u 2016 yilda muddatidan avval iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar