
Yuliya Gyoges "Rogers Cup"ni g‘alaba bilan boshladi
Kanadaning Monreal shahrida xotin-qizlar o‘rtasida "Rogers Cup" turnirining asosiy to‘r bahslari boshlandi.
Birinchi davrada germaniyalik Yuliya Gyoges vengriyalik Timea Baboshga qarshi kortga chiqib, 3:6, 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Gyorges musobaqaning ikkinchi davrasida chexiyalik Lyusi Shafarjova, yoki avstraliyalik Darya Gavrilovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar