
Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi yakunlandi
Ushbu jarayonni SPORTS.uz internet axborot portali onlayn tarzda yoritib bordi.
19:47 Qadrli do‘stlar, shu bilan bugungi taqdirlash marosimi o‘z nihoyasiga etdi. Sizlar bilan yaqin ikki soat davomida Shahzod Xolboev birga bo‘ldi. Salomat bo‘ling!
19:45 "Yil yakuni ajoyib tarzda o‘tmoqda. Barcha g‘oliblar o‘z sovrinlariga munosib ish olib borishdi.
Yangi yilda barchaga omad, zafarlar tilab qolaman. OChLda ishtirok etadigan jamoalarga, BAAdagi Osiyo kubogida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va martda kurashga qo‘shiladigan olimpiya terma jamoasiga omadlar tilab qolaman".
© Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor" bosh murabbiyi)
19:41 "Bu yilgi mavsum biz uchun qiziqarli o‘tdi. Qo‘ldan kelganicha, baholi qudrat ishladik va PFL ishlarimizni yuqori baholagani uchun rahmat.
"Nasaf" nomini yuqori ko‘tarishda aynan bizning ham xizmatimiz bo‘lganidan juda shodman".
© Renat Ernazarov (Yilning eng yaxshi matbuot xizmati - "Nasaf" matbuot kotibi)
19:37 "Mazkur mukofotni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Murabbiylarim, jamoadoshlarimning bugungi g‘alabada hissasi katta. Ayniqsa, Vladislav Xanning bundagi xizmatlari katta.
Bugungi kunda ayollar futboliga e’tibor ajoyib. Buning uchun rahbarlarga rahmat".
© Nilufar Qudratova (Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi, "Sevinch")
19:36 Sahnada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist - Rayhon
19:34 Tiago Bezerra - Yilning eng yaxshi futbolchisi. Tiago ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” jamoasining eng asosiy figurasi sifatida gavdalandi va PEPSI Superliga-2018 davomida 17 ta gol kiritib, chempionat to‘purari bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, “Paxtakor” jamoasining kumush medallariga ega chiqishida salmoqli xissa qo‘shdi.
Futbolchining o‘zi farzandi betobligi sabab Toshkentga kela olmadi va uning nomidan "Paxtakor" vakili Jafar Irismetov sovrinni qabul qilib oldi.
19:31 Navbat Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashga. Nomzodlar Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), Tiago Bezerra ("Paxtakor"), Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"). G‘olibni PFL bosh direktori Omon G‘ofurov e’lon qiladi
19:29 Andrey Fyodorov - yilning eng yaxshi murabbiyi. Sovrinni "Lokomotiv" nomidan klub bosh direktori To‘labek Akramov qabul qilib oldi.
19:27 Yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlanadi. Uni MOQ bosh kotibi Jasur Matchonov e’lon qiladi
19:26 Yilning eng yaxshi matbuot xizmati - "Nasaf"
19:25 Yilning eng yaxshi marketing xizmati - "Navbahor"
19:20 "Jamoamizda biroz pasayish bo‘ldi. Umid qilamanki, kelgusi yili amalga oshmagan ishlarni ro‘yobga chiqaramiz.
Futzaldagi formatning o‘zgarishi ham yaxshi bo‘ldi. Muxlislar uchun ham, futzalchilar uchun ham qiziqarli o‘tdi".
"Ardus"ning tarqalib ketishi futzalimiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Rejalar? Birinchi navbatda OChLda yaxshi natijaga erishish. Ha kelgusi yili AGMK futzal klubi ham, futbol klubi ham OChLda ishtirok etadi va bu juda ajoyib
Murabbiylar, jamoadoshlarimga katta rahmat aytaman".
© Jamoliddin Sharipov (Yilning eng yaxshi futzalchisi)
19:19 Sahnada Shoxrux (reper)
19:18 "To‘g‘risi kutmagan edim. Hujumchining vazifasi gol kiritish. Albatta bunda faqat mening emas, jamoadoshlarimning ham g‘alabasi. Qolaversa, muxlislarga ham rahmat aytaman".
© Sherzod Hakimov (Mavsumning eng chiroyli goli muallifi)
19:12. Yil ramziy terma jamoasi aniqlandi
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Igor Golban ("Nasaf"/"Navbahor") , Murol Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Ikrom Aliboev ("Lokomotiv"), Yovan Jokich (AGMK), Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Marat Bikmaev "Lokomotiv"), Bobir Abduholiqov ("Nasaf), Tiago Bezerra ("Paxtakor").
19:11 Maydonda Ilhom Boysarievnining hayotini saqlab qolgan Ulug‘bekka "Yil jasorati" mukofoti topshirildi
19:09 Mavsumning eng chiroyli goli muallifi Sherzod Hakimov ("Neftchi")
19:07 Mavsumning eng chiroyli goli aniqlanadi. Nomzodlar Haydarov, Yelich, Shixov, Hakimov, Nagaev.
19:05 Eldor Suyunov - yilning eng yaxshi darvozaboni
19:03 Navbat yilning eng yaxshi darvozabonini aniqlashga. Uni Pavel Bugalo aniqlab beradi
18:59 Bu orada esa Gulsanam Mamazoitova o‘zining diltortar qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashmoqda
18:58 O‘tgan mavsum ancha qiziqarli tarzda o‘tdi va raqobatga boy bo‘ldi. Muxlislar jamoamizni tinimsiz tarzda qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat
© Oston O‘runov (Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi)
18:56 "Sevinch" a’zosi Nilufar Qudratova yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi. Unga mukofotni Gulsanam Mamazoitova topshirdi
18:53 "Nasaf" feyr-pley mukofoti sohibi
18:50 Ilhom Shodiega PFLning "Yil iftixori" mukofoti sovrini topshirildi. Uning 6 nafar qizining beshtasi professional futbol bilan shug‘ullanadi
18:47 Navbat badiiy qismga. Sahnada "Afruz" guruhi
18:45 Mavsum to‘purari "Paxtakor" a’zosi Tiago Bezerraga "Oltin butsa" topshirildi. Unga mukofotni Jafar Irismetov topshirdi
18:45 Oston O‘runov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
18:43 Navbat yilning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlashga. Nomzodlar Bobir Abdiholiqov, Jasurbek Jaloliddinov va Oston O‘runov! G‘olibni Ektor Kuper aniqlab beradi
18:41 Yilning eng yaxshi futzalchisi - Jamoliddin Sharipov AGMK
18:40 Dastavval yilning eng yaxshi futzalchisi nomi e’lon qilinadi. Uni o‘zbek sport jurnalistikasi otaxoni - Axbor Imomxo‘jaev aniqlab beradi.
18:38 Mavsum davomida ko‘plab o‘yinlarini jonli ravishda ko‘rsatgan MTRK "Sport" telekanali direktori Zohid Karimovga ham maxsus sovrin topshirildi.
18:37 Superliga bosh homiysi Pepsi savdo belgisi uchun maxsus mukofot topshiraladi. Sovrinni PFL bosh direktori Omon G‘ofurov topshirdi
18:35 Marosim boshlandi! Boshlovchi Davron Kabulov
18:33 O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham marosimda ishtirok etmoqda
18:29 Marosim boshlanish arafasida
18:25 Masum to‘purari bo‘lishga harakat qildim. Mavsumdan ko‘nglim to‘ldi desam ham bo‘ladi. To‘g‘ri ma’onada esa baribir ko‘nglim to‘lmadi. Yaratilgan vaziyatlardan u qadar ko‘p foydalana olmadim.
Nesterov darvozasizini hali ishg‘ol etmaganman. U yurtimizning eng kuchli darvozabonlaridan biri. Kelgusi yili uning darvozasiga to‘p kiritishga intilaman.
Braziliyalik Ronaldoning o‘yinlariga havas qilaman. O‘zbek futbolida esa Maksim Shatskixning o‘yinlarini sevib tomosha qilar edim".
© Bobir Abduholiqov
18:22 Yil yaxshi o‘tdi. "Qo‘qon-1912"da ham yaxshi o‘yinlar o‘tkazdim va terma jamoaga jalb etildim. Barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etaman.
© O‘tkir Yusupov
18:18 Xalqaro maydonda Urugvay, Marokash va Senegal bilan o‘ynadik. Mag‘lub bo‘lgan bo‘lsakda bu biz uchun katta tajriba bo‘ldi.
Darvozabonning eng yaxshi futbolchi bo‘lishi? Bu narsa anchadan buyon amalga oshmay qoldi. Albatta, darvozabonlar ham bunga haqli. Ignatiy Nesterov ham, O‘tkir Yusupov ham mavsumni yaxshi o‘tkazishdi.
© Eldor Suyunov
18:11 Xalqimizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Kubok finali juda ham qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ldi. Final shu narsani ko‘rsatdiki, futbolda ilojsiz ishning o‘zi yo‘q. Futbolchi ham, murabbiy ham o‘z ustida maqsad sari ko‘proq ishlasa, albatta o‘z niyatiga etadi.
Futbolchi sifatida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganman. Ammo murabbiy sifatida bu mening ilk sovrinim bo‘ldi. Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida O‘zbekiston kubogini faqatgina Mirjalol Qosimov qo‘lga kiritgan edi va ulardan so‘ng men bo‘ldim.
OChLda faqat Olmaliq uchun emas, butun O‘zbekiston nomidan qatnashamiz. Birinchi navbatda guruhga chiqish vazifasi qo‘yilgan jamoamning oldiga. AGMK uchun qiziqarli mavsum bo‘ladi. "Istiqlol" va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klublari quchsiz jamoalar emas.
Selektsiya ishlariga e’tibor qaratganmiz. Futbolchilar bilan og‘zaki muzokaralar o‘tkazyapmiz. Afsuski, hozircha buni rasman amalga oshira olmadik va katta minus. Toshkent va Turkiyada ham bir nechta yig‘inlar tashkil etishni reja qilganmiz
Yanvardagi Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad tilayman va futbolchilarimizga muxlislik qilamiz".
© Baxtiyor Ashurmatov
18:05 "Barchani mavsum yakunlanganligi bilan tabriklayman. Mavsum omadli o‘tdi. Bu yilgi format barcha uchun yangilik bo‘ldi va bunday formatda chempion bo‘lishning ham gashti o‘zgacha. Umuman olganda mavsumda kamchiliklar ham, yutuqlar ham bo‘ldi. O‘ylaymanki, kelgusi yil tashkilot mazkur kamchiliklarni to‘g‘rilab, chempionatimizning qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi.
Biror bir murabbiyni alohida ko‘rsata olmayman. Kimdir mavsum avvalida, kimdir mavsum so‘nggida ajoyib natijalar qayd etdi. Bunda tanlov qiyin.
"Lokomotiv" yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshladim. Kelajakda mazkur ish orqali o‘z tajribamni oshirib, mutaxassis sifatida shakllanishga intilaman".
© Temur Kapadze
18:02 Oston O‘runovning o‘yinlari yoqdi. Yosh va kurashuvchan yigit. Bunday futbolchilar kelajakda terma jamoamizda ham o‘zlarini ko‘rsatishadi.
© Odil Ahmedov
17:58 Barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. O‘tgan mavsum men va "Lokomotiv" uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Mavsumni yaxshi boshlay olmadik va bu narsa murabbiylar almashinuviga olib keldi. Uchinchi va to‘rtinchi davrada ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, chempion bo‘ldik.
"Seul"ning qiziqishi Jakartadagi Osiyo o‘yinlari vaqtida paydo bo‘lgan edi. Yil so‘nggida esa ulardan rasmiy taklif bo‘ldi va transfer amalga oshdi. Mening transferimdan "Lokomotiv" ham yaxshigina foyda ko‘rdi".
© Ikrom Aliboev
17:55 Marosimga yig‘ilgan mehmonlar o‘z joylarini egallashmoqda
17:50 Mazkur tadbirda ortda qolgan mavsum davomida o‘zini har tomonlama ko‘rsatib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘lgan eng yaxshilarni taqdirlanadi.
Unda quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni;
- O‘zbekiston chempionatining eng chiroyli goli;
- PEPSI Superliga-2018 to‘purari;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi;
- Fair Play sovrini;
- O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini.
Shuningdek, “Yil jasorati” va “Yil iftixori” degan sovrinlar ham bor, ancha qiziq. PFL ramziy terma jamoasi ham e’lon qilinadi.
Fikrlar