
Yangi mavsumdagi “Barselona”: uning kuchli va ojiz tomonlari nimada?
Qaynoq yozgi transfer mavsumidan keyin La Liganing amaldagi chempionlari o‘z maqomini himoya qilish uchun shanba kuni “Kamp Nou”da “Alaves”ni 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratish bilan boshladi.
O‘tgan mavsumda dubl qayd etgan Ernesto Valverdeni bu mavsumda faqatgina trebl qutqarib qoladi. Xo‘sh, ispaniyalik murabbiy v uning jamoasi 2018-19-yilgi mavsumda yaxshiroq natija qayd eta oladimi?
- O‘tgan mavsum
Avvalo o‘tgan mavsum haqida qisqacha to‘xtalish lozim bo‘ladi. “Barsa” bir muddat La Liganing zamonaviy tarixida mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlashi mumkin bo‘lgan dastlabki jamoa bo‘lishiga bir bahya qoldi.
“Ko‘k-anorranglilar” “Levante”ga 5-4 hisobida mag‘lub bo‘lgach, bu umidlar sarobga aylandi.
Shunga qaramay, “Barsa” so‘nggi o‘n yildagi ettinchi La Liga bosh sovriniga ega chiqdi. Ispaniya Kubogida esa “Sevilya”ni engib, qatorasiga to‘rtinchi bor bu sovrinni o‘ziniki qilib oldi.
Biroq ularning Chempionlar Ligasidagi sarguzashtlari ancha erta o‘z nihoyasiga etmoqda. Oxirgi marta ularni Rimdagi alamli mag‘lubiyat musobaqadan chiqarib yubordi.
- Amalga oshirilgan transferlar
Malkom, Artur, Kleman Langle va Arturo Vidal klub uchun ajoyib to‘ldirish bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Barsa” ushbu transfer bozorida konstruktiv yo‘l tutdi. Klubning yangi vakillari mantiqiy tarzda olib kelindi. Inestaning ketishi, Artur va Malkom kabi yoshlarga yo‘l ochilishi, “La Masiya”dan yangi iqtidorlar etishib chiqmayotganligi sabab kataloniyaliklarning barcha transferlarini oqlash mumkin.
Malkom va Arturlar tezda jamoaga moslashib ketdi. Kataloniyaliklar Rimga uchib ketayotgan Malkomni yo‘ldan og‘dirgani hali ko‘pchilikning yodidan chiqmaslgi aniq.
“Bavariya”dan Arturo Vidalning kelishi jamoani yanada kuchaytirdi. Biroq klub muxlislari Paulino va Vidal orasida ancha farq borligini aytishmoqda.
Boshqa tomondan esa, Langle uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rilmoqda. “Kamp Nou”dagilar frantsiyalik himoyachi Yerri Minada ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi va klubga moslashib ketishiga umid qilmoqda.
- Jamoani tark etganlar
“Barsa” jamoani tark etganlarni inobatga olib amalga oshirgan transferlaridan xursand bo‘lishi kerak. Ushbu yozda “Kamp Nou”ni o‘n futbolchi tark etdi. Shundan faqatgina Andres Inesta asosiy tarkib o‘yinchisi edi.
“Barselona”ga kelib qo‘shilganidan beri muammoga uchragan Mina Kolumbiya bilan Jahon Chempionatida o‘zini ko‘rsatkgach, kataloniyaliklardan muntazam o‘yin amaliyoti talab qila boshladi. Bu amalga oshishi qiyin bo‘lgani uchun qariyb 20 million evro evaziga “Everton” vakiliga aylandi.
Shuningdek, Andre Gomeshning ijaraga berilishi, Paulino, Aleysh Vidal, Jerar Deulofeu va Marlonlarning qo‘yib yuborilishi parda ortidagilarning ajoyib tarzda ishlaganidan darak beradi.
- Kuchli tomonlari
Inestaning ketishi bilan ikki asosiy xavf – Messi va Suaresdan kelishi aniq bo‘lsada, klub yarim himoyasi ancha mustahkamlandi.
Artur va Malkom mavsumoldi yig‘inda allaqachon o‘zlarining nimalarga qodirligini namoyish qilib bo‘lishdi. Arturo Vidal ham tayanch yarim himoyasida variantlar taqdim qila olishi mumkin.
Bundan tashqari, Filippe Koutino, Serxio Buskets va Ivan Rakitichlar hamon klub uchun katta foyda keltirishlari aniq.
- Ojiz taraflari
O‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida ko‘zga tashlangani kabi “Barsa”ning himoya chizig‘i yangi mavsumda ham ojiz tomoni ekanligi barchaga ma’lum.
Langlening kelishi uzoq muddatli reja uchun ajoyib tanlov. Boisi Jerar Pike so‘nggi yillarda yuqori sport formasini ko‘rsatishda ancha qiyinchilikka uchrayotganini eslaydigan bo‘lsak, Langlening transferi ancha mantiqli bo‘ldi.
Ispaniyalik himoyachi bilan birga Samyuel Umtiti ham yozni bir tekis o‘tkazgani yo‘q. Mundialdagi qahramonligi evaziga klubdan ketishi ancha vaqt “bolalagan” frantsiyalik himoyachi yangi shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
Tomas Vermalen kabi futbolchilar hamon asosiy tarkib uchun kurashayotgani umumiy manzarani to‘liq ko‘rsatib beradi. Qishki transfer esa himoyaga yangi kuchaytirishlarni taqdim qilishi ham mumkin.
Fikrlar