
"Yang Boyz" mehmondagi g‘alaba evaziga EChLning guruh bosqichiga yo‘l oldi (video)
Kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun so‘nggi pley-off bosqich uchrashuvlarining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan klublar nomi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, Zagrebda «Dinamo» Avstriyaning «Yang Boyz» klubini qabul qildi. Ilk o‘yinda ushbu jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etishgan edi. Javob o‘yinida esa 1:2 hisobida avstriyaliklar g‘alaba qozonishdi va guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar