Yan Oblak qatorasiga uchinchi mavsum La Ligada eng yaxshi posbon bo‘ldi

  • 21 may, 2018, 09:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Atletiko” jamoasi darvozaboni Yan Oblak qatorasiga uchinchi mavsum Ispaniya chempionatida eng kam gol o‘tkazib, “Rikardo Samora” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda “Atletiko” bilan Ispaniya chempionatining kumush medallariga sazovor bo‘lgan darvozabon 37 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 22 ta gol o‘tkazib yubordi.

Aynan Yan Oblakning bunday natijasi “Atletiko Madrid”ga chempionatni 2-o‘rinda yakunlash imkonini berdi. Bundan tashqari, “Atletiko” Evropa Ligasi sovrindoriga ham aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!