Yan Oblak 1007 daqiqadan buyon Madridda gol o‘tkazmayapti

CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi kechgan javob o‘yinida (1:0) o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Tecno

Shu tariqa, sloveniyalik posbonning “Vanda Metropolitano”dagi o‘yinlardagi quruq o‘yinlari  seriyasi 1007 daqiqaga etdi. Bu Oblak o‘z maydonida o‘tgan salkam 11 bahsda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmaganligini bildiradi.

Bu vaqt davomida Oblak darvozasi tomon jami 21 bor aniq zarba yo‘llangan va bu o‘rtacha har o‘yinga  2 tadan zarbaga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!