Xarri Keyn Buyuk Britaniyada yil sportchisi deb topildi
Londonning “Tottenxem” klubi va Angliya terma jamoasi forvardi Xarri Keyn GQ talqini bo‘yicha 2018 yilda Buyuk Britaniyaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Eslatib o‘tish lozimki, 25 yoshli forvard Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018da 6ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.
“GQ talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi sportchisi deb topilganimdan faxrlanaman. Endi bundanda ko‘proq natijalarga erishish uchun mehnat qilishdan to‘xtamasligim lozim. Eng zo‘r 12 oy hali oldindi”, - deydi Keyn.



Fikrlar