Xarri Keyn APL to‘purarlari qatoriga kirdi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn kecha "Manchester Yunayted"ga (0:3) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi, ushbu gol 25 yoshli hujumchi uchun premer-liga doirasida kiritgan 110-gol bo‘ldi.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha Keyn bu borada Emil Xeskiga tenglashib oldi va APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar 20taligiga kirib oldi.



Fikrlar