Xamshikni sotib olgan Xitoy klubi endi La Ligadan hujumchi sotib oladi

  • 15 fevral, 2019, 21:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Levante" forvardi Emmanuel Boateng Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xitoyliklar 22 yoshli ganalik futbolchi uchun La Liga klubiga 11 mln evro to‘lashadi.

Eslatib o‘tamiz, "Dalyan Ifan" bundan avvalroq “Napoli” sardori Marek Xamshikni ham o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Ma’lumot uchun, Boateng joriy mavsum “Levante” safida jami 19ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!