
WSB: Hasanboy Do‘smatov yana bir marta eng zo‘r bokschi nomiga da’vogarlar qatorida
Xabaringiz bor, joriy yilning 3-4 mart kunlari Butunjahon boks seriyalari (WSB) musobaqasining guruh bosqichi navbatdagi tur bellashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur janglardan so‘ng ba’zi jamoalar qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi.
Janglarning birida o‘tgan yili yarim finalga qadar etib borgan “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiyaning “Patriot Boxing Team” jamoasini qabul qilib, yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. Kechaning yorqin janglaridan birida Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov Bator Sagaluevga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, g‘alaba qozondi.
An’anaga ko‘ra, WSB mazkur bellashuvlarning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Ushbu so‘rovnomadan “Colombia Heroicos” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Yurberjen Martines, “Astana Arlans” a’zosi Ilyas Suleymenov va “Uzbek Tigers” a’zosi Hasanboy Do‘smatov o‘rin olgan.
Siz ham ushbu so‘rovnomada ishtirok etib, hamyurtimiz uchun ovoz bering! Ushbu sahifa orqali – >>> "Twitter"da ovoz berishingiz mumkin.
Fikrlar