
"Vest Xem" Chicharito uchun "Bayer"ga 13 mln funt taklif qilmoqda
Londonning “Vest Xem” klubi “Bayer” hujumchisi Xaver Ernandesni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bolg‘achilar” joriy hafta so‘nggiga qadar futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli, yani 13 mln funtni to‘lab, uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Meksika terma jamoasi a’zosining “dorishunoslar” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan. U “Bayer” tarkibida jami 76ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 39ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar