
Velopoygachimiz Osiyo chempionati shohsupasida
Bayhraynda velosport bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar dastlabki sovringa ega bo‘ldi. O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxsiy birinchilik poygalarida Iskandar Shodiev marraga peshqadamlar safida keldi.
Osiyo chempionatida uchinchi natijani qayd etgan Iskandar Shodievga bronza medal topshirildi.
Fikrlar