Unai Emeri barchasidan mamnun

CHERY AUTO

 

Tecno

PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri “Le-Erbe”ga qarshi (2:0) Frantsiya Kubogi finalidan keyin mavsum yakunlari haqida so‘zladi.

“PSJ uchun har bir sovrin muhim sanaladi. Frantsiya Kubogida zafar quchish uchun katta yo‘l bosib o‘tdik. Mavsum yakunlaridan mamnunman. Evropa Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikni inobatga olmasa, jamoa barcha musobaqalarda yaxshi ishtirok etdi.

Futbolchilarning barchasi golga tashna holda harakat qilishdi. Shu sababli ham baxtiyorman. Mening kelajagim? Hozir bu muhimi emas deb o‘ylayman. Asosiysi – g‘alaba va unidan bahra olish kerak”, – dedi Unai Emeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!