
Umtitining tovon puli yarim mlrd, yangi shartnomaning tafsilotlari
Bugun Kataloniyaning “Barselona” klubi Samyuel Umtiti bilan yangi shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
“Ko‘k-anor ranglilar” prezidenti Jozep Bartomeu ushbu shartnomaning tafsilotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalikning tovon puli 500 million evroga teng bo‘ldi. Shu qatori, Umtiti “Barsa”da 2023 yilga qadar to‘p tepadi. Bu haqida klub rasmiy tvitteri xabar berioqda.
Ma’lumot uchun, Samyuel joriy mavsumda 25 uchrashuvda ishtirok etib, 1 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Fikrlar