
Umtiti: "Barselona"dan ketmayman
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Samyuel Umtiti yozda jamoadan ketishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Men “Barselona” bilan shartnomamni uzaytirmoqchiman va umid qilamanki kelasi mavsum ham shu jamoada qolaman. Men orzularimni amalga oshirgan jamoa safida o‘ynayapman.
Meni klub bilan shartnomam bor va bu erdan ketishim uchun klub meni haydashi kerak”, - deydi Umtiti.
Ma’lumotlarga ko‘ra Umtitining agenti ayni damda kataloniyaliklar rahbariyati bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.
Fikrlar