
Ulug‘bek Sobirov Toshkentdagi janglarda nokautlar seriyasini davom ettirdi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan professional janglarda 8 nafar bokschimiz Rossiya, Tanzaniya, Indoneziya, Gruziyadan kelgan charm qo‘lqop ustalari bilan kuch sinashmoqda. To‘rtinchi jang yakuniga etdi.
Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschimiz Ulug‘bek Sobirov beshinchi jangini anchayin tajribali gruziyalik Georgi Jinxaradzega qarshi o‘tkazdi. Bu bokschi bu jangga qadar professional ringda 24 jang o‘tkazib, 14 g‘alaba va 10 mag‘lubiyat qayd etgan.
69,8 kg vaznda 6 raund etib belgilangan jang bokschilarning teng kurashlari ostida boshlandi, biroq ikkinchi raund boshida andijonlik bokschimiz birgina aniq zarbasi bilan raqibini texnik nokautga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy jangida Aziz Abdug‘ofurov (10-0-0, KO4) rossiyalik Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13 -Rossiya) bilan WBC Silver kamari uchun kurash olib boradi.
Fikrlar