
Uaylder keyingi jangini chempion bokschiga qarshi o‘tkazmoqchi emas
Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder o‘zining navbatdagi himoya jangini WBC Silver chempioni Dillian Uaytga qarshi o‘tkazmoqchi emas, deya xabar beradi BoxingNews24 nashri.
Manbada yozlishicha, Uaylder keyingi jangini amerikalik bokschi Dominik Brizilga qarshi bo‘lishini xohlamoqda. Bu bokschi avvalroq jahon chempionligini qo‘lgi kiritishga harakat qilgan, biroq Entoni Joshuaga imkoniyatni boy bergan.
Brizil Joshuadan nokautga uchragan. O‘shanda Dillian Uayt promouteri Eddi Xirn bo‘lgan. Avvalroq amerikalik bokschining promouteri Lu Dibella Uaylder tez orada Entoni Joshua bilan urushmoqchiligini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, 2019 yil boshida o‘tkazilishi mumkin.
Fikrlar