
UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan uchrashuv boshqa kunga qoldirilishi mumkin
UEFA Millatlar ligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan Lyuksemburg va Belarus terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.
Unga sabab sifatida esa qalin tuman tushgani aytilmoqda. Aytish lozimki, ushbu tuman Lyuksemburgda bir necha kundan buyon tarqamayapti. Agar tuman o‘yinga qadar tarqamasa uchrashuv boshqa kunga qoldirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Lyuksemburg – Belarus bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanishi kerak.
Fikrlar