UEFA Chempionlar ligasining ushbu haftadagi ramziy terma jamoasini e’lon qildi

  • 13 aprel, 2017, 23:35
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor joriy haftada Chempionlar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki bahslar bo‘lib o‘tdi. Bugun UEFA EChLning ushbu haftadagi ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra “Yuventus” va “Atletiko” klublaridan jami 8ta futbolchi ushbu jamoadan o‘rin olgan. Ta’kidlash kerakki “Yuventus” o‘z uyida “Barselona”ni 3:0 hisobidan engan bo‘lsa, Angliya chempionini qabul qilgan “matraschilar” minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.

Quyida ramziy terma jamoa tarkibi bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin:

Darvozabon: Janluidji Buffon ("Yuventus").

Himoyachilar: Filipe Luis, Diego Godin (ikkalasi - "Atletiko"), Aleks Sandro, Jorjo Kellini, Leonardo Bonuchchi (hammasi - "Yuventus").

Yarim himoyachilar: Shinji Kagava ("Borussiya" D), Kilian Mbappe ("Monako").

Hujumchilar: Antuan Grizmann ("Atletiko"), Krishtianu Ronaldu ("Real" Madrid), Paulo Dibala ("Yuventus").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!