
UEFA Chempionlar ligasining ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi
Avval xabar berganimizdek ushbu haftada Chempionlar ligasi chorak final bahslariga yakun yasaldi. Unga ko‘ra kuchli va omadli jamoalar yarim finalga yo‘l olishdi.
Bugun UEFA rasmiy sayti EChLning hafta futbolchisi nomiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra Kilian Mbappe ("Monako"), Xuan Kuadrado ("Yuventus"), Aren Robben ("Bavariya") va Jeymi Vardi (Lester) kabi futbolchilar joriy hafta Chempionlar ligasi uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lishlari mumkin.
Fikrlar