
Tuxel PSJga "Real", "Chelsi" va "Barselona" futbolchilarini jalb qilmoqchi
Yaqindagina PSJ bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Tomas Tuxel yangi jamoasiga “Real”, “Chelsi” va “Barselona” klublaridan bir qator futbolchilarni jalb etmoqchi.
Unga ko‘ra germaniyalik mutaxassis Parijga braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro (“Real), frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtiti (“Barselona”) va belgiyalik darvozabon Tibo Kurtualarni (“Chelsi”) olib kelmoqchi.
Xabarlarga qaraganda Tuxel o‘zining bu boradagi iltimosini jamoa rahbariyatiga ham etkazgan.
Fikrlar