
“Tottenxem” futbolchisi Belgiya tarixiga kirdi
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Yan Vertongen bugun JCh-2018 saralashi 9-turidan doirasida Bosniya va Gertsegovina termasiga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi.
Bu o‘yin 30 yoshli futbolchi uchun terma jamoa libosida o‘tkazgan 95-o‘yin bo‘ldi.
Shu tariqa, Belgiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Yan Kulemansning rekordini takrorladi.
Fikrlar