
"Toshkent yozi" reyting turnirining 4 turi ortda qoldi (foto)
Poytaxtimizdagi shaxmat federatsiyasi binosida an’anaviy "Toshkent yozi" turniri davom etmoqda. Bellashuvlarning 4 turi ortda qoldi. Unga ko‘ra, "A" guruhida 5 nafar shaxmatchi 3,5 ochko jamg‘argan holda etakchilik qilmoqda: Inomjon Shoymuratov, Muhammadali Abdurahmonov, Aleksandr Agishev, Sarvarbek Olimjonov, Jasurbek Ziyodullaev.
Qizlar o‘rtasida esa Asal Salimova va Umida Omonovalar (2,5 ochko) oldinda borishmoqda.
"B" guruhida 13 yoshgacha bo‘lgan yosh shaxmat islosmandlari bellashmoqda. Guruhda 4 o‘yindan 4 ochko jamg‘ara olgan Samira Olimjonova, Shodiyor Shukuraliev, Bobur Yuldoshevlar karvonboshilik qilmoqda.
Turnirdan olingan fotolavhalarni e’tiboringizga havola etishdan mamnunmiz:
Fikrlar