Tezkor xabar! Libertadores kubogi finali "Santyago Bernabeu"da o‘tkaziladi

  • 29 noyabr, 2018, 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning ikki klubi - "River Pleyt" va "Boka Xuniors" o‘rtasidagi Libertadores kubogi final uchrashuvi Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra FIFA “Real”ga ushbu muhim bahsni o‘z stadionida o‘tkazish taklifi bilan chiqqan. O‘z navbatida final ishtirokchilari ham Ispaniya poytaxtida o‘ynashga rozi bo‘lishgan. Bu borada deyarli to‘liq kelishuvga erishilgan. Ushbu bahs 8 yoki 9 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv aslida bundan bir necha kun oldi o‘tkazilishi kerak edi. Ammo, javob finali oldidan “River Pleyt”ning bir guruh muxlislari “Boka Xuniors” futbolchilari o‘tirgan avtobusga hujum qilishgan edi. Natijada esa raqib jamoaning ayrim a’zolari jiddiy jarohat olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!