Tezkor xabar! Alisson "Liverpul"ga o‘tadi va dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylanadi

  • 18 iyul, 2018, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat “Roma” va “Liverpul” klublari braziliyalik darvozabon – Alissonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tecno

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar 66,8 mln funtga kelishishgan. Aytish lozimki, Alisson shu tariqa futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylanadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha ushbu nom boshqa bir braziliyalik darvozabon - Ederson Moraesga tegishli edi. U bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Benfika”dan 34,7 million funt evaziga “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!