Termaga chaqirilmagan Afonin ketma-ket 8 o‘yinda 90 daqiqa to‘p surdi

  • 26 avgust, 2017, 09:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Rossiya Premer-Ligasida 8-tur o‘yinlariga start berildi. Hamyurtimiz Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Anji” klubi o‘z maydonida “Ufa”ni qabul qildi.

Tecno

Ushbu bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Biz uchun e’tiborlisi, Samvel Babayan tomonidan JCh-2018 saralashi doirasida oldinda turgan Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahslar uchun terma jamoaga chaqirilmagan Vadim Afonin bu safar ham maydonda 90 daqiqa to‘p surdi.

Qayd etish joiz, ortda qolgan 8 ta turning barchasida hamyurtimiz 90 daqiqa to‘p surdi.

Rossiya Premer-Ligasi. 8-tur

Anji – Ufa 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 18 Leskano.

Anji – Budakov, Musalov, Bryzgalov, Armash, Poluyaxtov, Tetrashvili, Afonin, Danchenko (Xubulov, 80), Dolgov (Bazelyuk, 68), Markelov (Yakovlev, 57), Leskano.

Ufa – Belenov, Jivoglyadov, Tabidze (Abdulavov, 46), Alikin, Stotskiy, Vanek (Krotov, 75), Zaseev, Paurevich, Yokich, Igboun, Fatai (Sysuev, 63).

Ogohlantirishlar: Yokich (45), Markelov (51), Sysuev (69), Leskano (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!