Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashishmoqda

CHERY AUTO

Vetnamning Xo Shi Min shahrida taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari yakunlanib, unda terma jamoamiz vaillari 4 ta medalni qo‘lga kiritishga erishdilar. 

Tecno

Ayollar o‘rtasida 69 kilogrammgacha kechgan bahslarda Nigora Tursunqulova barcha raqiblarini mag‘lubiyatgach uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hal qiluvchi bellashuvda Tursunqulova iordaniyalik raqibasidan ustun keldi. 

Shuningdek, Jasur Boyqo‘ziev (-87 kg) finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Sardor Toirov (-63 kg) hamda Maksim Rafalovich (-80 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi. 

Shu tariqa, terma jamoamizning ushbu Osiyo chempionatida qo‘lga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 7 taga etdi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan og‘ir vazn toifasidagi bahslarda Dmitriy Shokin (+87 kg) hamda Svetlana Osipova (-73 kg) yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!