
Taekvondo: Svetlana Osipova ham yarim finalda
Osiyo o‘yinlarining uchinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslarida hamyurtimiz Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasidagi yarim final bosqichi bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xususan, hamyurtimiz dastlab, nimchorak final bosqichida Eron vakilasi Zahro Purismoilqaranini 6:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda kambodjalik Sevmey Sorndan ustun keldi.
Endi vakilamiz final oldidan qozog‘istonlik Deniz Kansel to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim bo‘ladi.
Fikrlar