
Taekvondo: Nigora Tursunqulova chorak finalda
Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslarining ayollar o‘rtasidagi -67 kg vazn toifasida nimchorak final bosqichi o‘z yakuniga etdi.
Ushbu bosqichda hamyurtimiz Nigora Tursunqulova gongkonglik Vai In Vinchi Loga qarshi dayanga ko‘tarildi. Vakilamizning to‘la ustunligida o‘tgan bahs 2:22 hisobida o‘z yakuniga etdi. Tursunqulova endi chorak finalda Makaulik Liu Kingga qarshi bellashadi.
Fikrlar