Suriya termasi bosh murabbiyi: Rivojlanish borasida O‘zbekiston Qirg‘izistondan ustunroq

  • 9 sentabr, 2018, 20:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun mazkur o‘yin oldidan Bishkekda har ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Suriya terma jamoasi bosh murabbiy Bernd Shtange jurnalistlar tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘izistonning qanday umumiy jihatlari borligi borasida berilgan savolga javob qaytardi.

Tecno

"Javob berish qiyin. Muhimi, biz har bir raqib jamoani hurmat qilamiz. Raqibni mensimaslik degan narsa yo‘q. Biz bilamizki, sizlarda yaxshi jamoa bor va ertaga bizga oson bo‘lmaydi.

O‘ylashimcha, O‘zbekiston rivojlanish borasida ustunroq. Infratuzilma, professional futbolning rivojlanishi - bu boshqa standart. Men buni Toshkent va Bishkekdagi ikki kuni ichida his qildim. Bu boradagi farqqa qaramasdan, men sizlarning federatsiyangiz va murabbiylar shtabi professional ekanligini sezyapman", - dedi Shtange.

Eslatib o‘tamiz, 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasi Toshkentda Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘tkazgan o‘rtoqlik o‘yinida 1:1 hisobi qayt etilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!