Superliganing ikkinchi bosqichi dastlabki qismi taqvimi e’lon qilindi

  • 30 avgust, 2018, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, PEPSI Superliganing ikkinchi bosqich uchrashuvlari uchun 28 oktyabr kuni qur’a tashlandi.

Tecno

O‘zbekiston professional futbol ligasi qur’a natijalariga ko‘ra, xosil bo‘lgan juftliklarning qaysi sanalarda uchrashuvlar o‘tkazishini aniqlab chiqdi.

Unda bosh mezon sifatida milliy terma jamoamizning FIFA kunlaridan unumli foydalanayotganligi bois ushbu sanalarga yaqin bo‘lgan kunlarga imkon qadar uchrashuv belgilamaslik printsipiga amal qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston kubogi uchun kurashni davom ettirayotgan klublarning Superliga bahslarida ham munosib kunda va hech qanday muammolarsiz uchrashuvlar o‘tkazishi inobatga olindi. Qolaversa, har bir jamoaning bosh murabbiyi fikrlari birma-bir o‘rganib chiqildi va yakunda hamma uchun birdek qulay bo‘lgan sanalar belgilandi.

Hozircha e’tiboringizga, ikkinchi bosqichning birinchi qismi hamda O‘zbekiston kubogi uchun belgilangan sanalarni e’lon qilamiz. PEPSI Superliganing ikkinchi bosqich ikkinchi davrasi taqvimi O‘zbekiston kubogining chorak final uchrashuvlari yakunlangach e’lon qilinadi.

23-tur

13 sentyabr, payshanba

“SO‘G‘DIYoNA” – “QIZILQUM”

“QO‘QON-1912” – “NASAF”

14 sentyabr, juma

“NAVBAHOR” – “PAXTAKOR”

“METALLURG” – “LOKOMOTIV”

15 sentyabr, shanba

“BUNYoDKOR” – “BUXORO”

AGMK – “NEFTChI”

O‘zbekiston kubogi-2018

1/4 final

18 sentyabr, seshanba

“QO‘QON-1912” – “QIZILQUM”

“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”

19 sentyabr, chorshanba

AGMK – “MASh’AL”

“ANDIJON” – “BUNYoDKOR”

24-tur

22 sentyabr, shanba

“NEFTChI” – “NASAF”

“PAXTAKOR” – “BUXORO”

“QIZILQUM” – “QO‘QON-1912”

23 sentyabr, yakshanba

“LOKOMOTIV” – “BUNYoDKOR”

“NAVBAHOR” – “METALLURG”

AGMK – “SO‘G‘DIYoNA”

27-28 sentyabr

O‘zbekiston kubogi-2018

1/2 final

25-tur

2 oktyabr, seshanba

“SO‘G‘DIYoNA” – “NEFTChI”

“NASAF” – “QIZILQUM”

“BUXORO” – “LOKOMOTIV”

3 oktyabr, chorshanba

“QO‘QON-1912” – AGMK

“METALLURG” – “PAXTAKOR”

“BUNYoDKOR” – “NAVBAHOR”

8-16 oktyabr

FIFA KUNLARI

13 oktyabr, shanba

O‘ZBEKISTON – KXDR

16 oktyabr, seshanba

O‘ZBEKISTON – QATAR

26-tur

19 oktyabr, juma

AGMK – “NASAF”

“NEFTChI” – “QIZILQUM”

“SO‘G‘DIYoNA” – “QO‘QON-1912”

20 oktyabr, shanba

“NAVBAHOR” – “BUXORO”

“METALLURG” – “BUNYoDKOR”

“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”

27-tur

23 oktyabr, seshanba

“NASAF” – “SO‘G‘DIYoNA”

“QIZILQUM” – AGMK

“LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR”

24 oktyabr, chorshanba

“BUXORO” – “METALLURG”

“BUNYoDKOR” – “PAXTAKOR”

“QO‘QON-1912” – “NEFTChI”

28 oktyabr, yakshanba

O‘zbekiston kubogi-2018

FINAL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!