Superliga o‘yinlari qachondan davom ettiriladi?

  • 26 iyun, 2018, 20:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Professional futbol ligasi “Sport” telekanali bilan kelishgan holda Pepsi Superliganing 16-turi vaqtlari hamda 14-tur bellashuvlarining sanasi hamda vaqtlariga oydinlik kiritib oldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Qayd etish kerak, 14-tur O‘zbekiston termasining Urugvayga qarshi o‘yini sabab qoldirilgandi.

16-tur bellashuvlari avvaldan belgilab qo‘yilganidek, 8—9 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bunda ob-havoning issiqligidan kelib chiqib, o‘yinlarning 19:00 dan erta boshlanmasligiga e’tibor qaratilgan. 

8 iyul, yakshanba

19:00  “Paxtakor” — “Buxoro” (live)

20:00  AGMK — “Neftchi” (yozib olib)

21:00  “Nasaf” — “Navbahor” (live) 

9 iyul, dushanba

19:00  “Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” (live)

20:00  “So‘g‘diyona” — “Metallurg” (yozib olib)

21:00  “Bunyodkor” — “Qizilqum” (live) 

O‘zbekiston Kubogi formatiga kichik o‘zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qilingandi. Rejaga ko‘ra, chorak final o‘yinlari 12—13 iyul kunlari o‘tkazilishi kerak edi. Endi esa kubok bahslari kuzga qoldirilgan:

1/4 final — 17—18 sentyabr

1/2 final — 27 sentyabr

Final — 28 oktyabr

1/4 finalga qur’a tashlash marosimi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va u “Sport” telekanalida jonli ko‘rsatiladi. Rejaga ko‘ra, qur’a marosimiga “Milliy stadion” mezbonlik qiladi. Marosim “Bunyodkor” — “Qizilqum” o‘yini tanaffusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini sabab qolib ketgan 14-tur esa endilikda 12—13 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi (kubokning chorak final uchun rejalashtirilgan sanasida).

12 iyul, payshanba

19:00  “So‘g‘diyona” — “Buxoro” (live) 

20:00  “Bunyodkor” — “Neftchi” (yozib olib)

21:00  AGMK — “Paxtakor” (live)

 

13 iyul, juma

19:00  “Lokomotiv” — “Navbahor” (live)

20:00  “Qo‘qon—1912” — “Metallurg” (yozib olib)

21:00  “Nasaf — Qizilqum” (live)

  

22-turgacha bo‘lgan o‘yinlar taqvimi esa tez orada ma’lum qilinadi. Bunda Professional futbol ligasi O‘FA hamda MOQ rahbariyatining Osiyo O‘yinlari bo‘yicha talabidan kelib chiqib, o‘yinlar sanalariga o‘zgartirish kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!