
Stefanos Tsitsipas kutilmaganda qoqildi
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas Rotterdam shahrida o‘tayotgan musobaqaning ilk bosqichida mag‘lubiyatga uchradi.
Stefanos turnirning birinchi davrasida bosniyalik Damir Jumxurga uch setda, – 4:6, 6:4, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi "ABN AMRO World Tennis Tournament"ning ikkinchi davrasida Jumxur qozog‘istonlik Mixail Kukushkinga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar