"Sport TV" bugundan KXL o‘yinlari translyatsiyasini boshlaydi

  • 22 mart, 2018, 19:31
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Sport" telekanali bugundan e’tiboran Kontinental Xokkey Ligasi o‘yinlari translyatsiyasini boshlaydi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Tecno

Xabarda aytilishicha, yurtimizdagi xokkey ixlosmandlari bugun soat 21.25 dan e’tiboran Gagarin kubogi ikkinchi raundidan o‘rin olgan SKA hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish imkoniga egalar.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Sport TV" KXL o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgani borasida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!