
“Sog‘lom avlod” stadionida ishlar jadal sur’atda davom etmoqda
O‘zbekiston professional futbol ligasining talabiga binoan eng avvalo maydon sifatini yaxshilash hamda stadionda muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida tribunadagi o‘rindiqlarni butunlay yangitdan qilish, hisobni aks ettiruvchi elektron tablo, homiy tashkilotlarning video-roligini reklama qilib boruvchi maxsus elektron tablolarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha viloyat hokimi mas’ul shaxslarga topshiriq bergandi.
Mazkur ishlarning qay darajada olib borilayotganini shaxsan viloyat hokimining o‘zi nazorat qilib bormoqda. Jumladan, klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bugun erta tongda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Sog‘lom avlod” stadioniga tashrif buyurib, homiy tashkilotlar o‘rtasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi va yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari qanday borayotgani bilan yaqindan tanishdi.
Fikrlar