
"So‘g‘diyona" safiga Tailandda o‘ynab kelgan futbolchi kelib qo‘shildi
Xabar berganimizdek,jamoa Jizzaxdagi mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar ikki mahal olib borilmoqda. Jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilar ham mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.
"So‘g‘diyona" safida Tailandning "Chainat Xornbil" jamoasida faoliyat yuritib kelgan Javlon Guseynov ko‘rikdan o‘tmoqda. Bugun ushbu futbolchi jamoa bilan birgalikda mashg‘ulot olib bordi.
Fikrlar