
Sloan Stivensning raqibi aniq bo‘ldi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens Monreal shahrida o‘tayotgan turnirning uchinchi davrasiga muvaffaqiyatli chiqdi.
Sloan ikkinchi davrada kanadalik Fransuaza Abandani yirik 6:0, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu o‘yin ular o‘rtasidagi birinchi bahs sifatida tarixdan joy oldi.
Shu tariqa Sloan "Rogers Cup" turnirining navbatdagi bosqichda ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi raqobatlashadi.
Fikrlar